Ikkita OTMda magistraturaga qo‘shimcha kvotalar ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetiga 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun qo‘shimcha kvotalar ajratildi.
Mazkur oliy o‘quv yurtlarida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan qo‘shma ta'lim dasturlariga muvofiq magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 15 nafar talaba qo‘yidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi:
- Suv sifatni boshqarish (Michigan universiteti, AQSh);
- Intellektual datchiklar va texnologiyalar (Michigan universiteti, AQSh);
- Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), (Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti, Slovakiya).
Toshkent davlat agrar universitetida Vayyenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan hamkorlikda 15 nafar talaba Agrar menejmenti mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.
Ushbu qo‘shma ta'lim dasturlari asosida magistrlar tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha hujjatlar 2018 yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
23:29 / 28.08.2024
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi
14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi
19:01 / 27.07.2024
Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi tasdiqlandi
21:37 / 20.07.2024