31 iyul kuni Nyu-Yorkda AQŞning yuqori martabali mulozimlari iştirokida Milliy kiberxavfsizlik sammiti ötkazildi.
Unda qatnaşgan vitse-prezident Mayk Pens hamda içki xavfsizlik vaziri Kirsten Nelsen xonim Rossiyaning AQŞ saylovlarida qatnaşgani haqida bayonot berişdi.
Qaysidir ma'noda bu bayonotni kutilmagan çiqiş deyiş mumkin, çunki har ikki mulozim Donald Trampning tarafdorlari sifatida e'tirof etiladi.
Xususan, aynan Tramp Nelsen xonim nomzodini AQŞning eng muhim vazirliklaridan bölgan içki xavfsizlik vazirligiga rahbar sifatida tavsiya qilgandi. Vitse-prezident Mayk Pens esa doim Trampning himoya qilib keladi. Masalan, Xelsinkida ötgan sammitdagi Trampning mamlakat aholisi tomonidan «şarmandali» deb baho berilgan çiqişidan keyin Pens prezidentni qöllaşga özida kuç topa olgandi.
«Bu ruslar edi», deb sözini boşladi Nelsen xonim AQŞda ötgan 2016 yildagi prezidentlik saylovlariga çetdan aralaşuv bölgani haqida gapira turib. «Saylovlarimizga bölgan har qanday aralaşuvni demokratiyamizga tahdid deb bilamiz. Biz bunga jim qarab tura olmaymiz»,- deya içki xavfsizlik vaziridan iqtibos keltiradi Bloomberg.
Odatda keskin çiqişlardan tiyiladigan va oğir bosiq hisoblangan janob Pens ham bu borada Rossiyaning aralaşuvi inkor qilib bölmaydigan fakt ekanini ta'kidladi: «Bizning 2016 yildagi saylovlarimizda Rossiyaning aralaşuvi inkor etib bölmaydigan fakt. Bu bizning razvedka taqdim etgan işonçli ma'lumot»,- deydi Pens.
Xelsinkida ötgan sammitda Trampdan Rossiyaning AQŞdagi saylovlarga aralaşgani borasida nimaga öz razvedkasiga emas, Putinning sözlariga işonayotgani haqida söraşganda u «Putinning dalillari işonçliroq» deb javob bergandi.
AQŞ prezidentining mamlakatning eng muhim taşkiloti hisoblangan razvedkaga butun dunyoning köz öngiga işonçsizlik bildirgani köpçilik siyosatçilarning, xususan Trampning tarafdorlari bölgan insonlarning ham ğazabini qözğatgandi. Masalan, Trampni saylovlarda qöllab-quvvatlagan Arnold Şvartsenegger prezidentni «Vatanni sotganlikda» ayblagandi.

















