Sport | 00:15 / 02.08.2018
10864
2 daqiqa o‘qiladi

Eronlik hakam boshqargan o‘yinda «Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Foto: KUN.UZ

Superligada 20-turning markaziy o‘yini o‘tkazildi. Toshkentda «Paxtakor» va «Lokomotiv» klublari bellashdi. 

45-daqiqada jarima maydoniga oshirib berilgan to‘pni Bezerra boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi va «Paxtakor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 87-daqiqada, shunga o‘xshash vaziyatda Husniddin G‘ofurov himoyachidan ildamroq harakat qilib, aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi.

Qayd qilish joizki, o‘yinni Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi eronlik hakamlar boshqarib bordi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 43 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi, «Lokomotiv» esa 36 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi.

Superliga, 20-tur
1 avgust, Toshkent
Paxtakor (Toshkent) - Lokomotiv (O‘zbekiston) - 1:1
Gollar: Tiago Bezerra (45) - Husniddin G‘ofurov (87)

Hakamlar: Alirizo Fag‘oni, Muhammadrizo Mansuri, Rizo Suhandon, Jasur Muxtorov.
Paxtakor: Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak, Sherzod A'zamov, Marko Simich (s), Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Azim Ahmedov, Jaloliddin Masharipov (Jasurbek Yaxshiboyev, 76), Dragan Cheran, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh (Bahrom Abdurahimov, 82)
Lokomotiv: Ignatiy Nesterov (s) Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullayev, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Sardor Rashidov, 66), Sardor Mirzayev (Sanjar Shoahmedov, 59), Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov (Husniddin G‘ofurov, 71), Igor Yyelich
Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov 25, Eldorbek Suyunov 72, Sadriddin Abdullayev 90.

Mavzuga oid