Bir neça kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida va umuman özbekistonliklar orasida Özbekistonda işlab çiqarilayotgan avtomobillarning qimmatlaşişi keng muhokama qilinmoqda. Dastavval qimmatlaşarkan, degan gap-sözlar urçidi, keyin ayrim manbalar uzatgan ma'lumotlar asosida qator saytlarda xabarlar bosildi.
Oşarmikan, oşmasmikan, XPKdagi uçraşuvga boğliq ekan, kabi miş-mişlar bolaladi. Öziga xos tortişuvdagi söngsözni “Özavtosanoat” AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov aytdi. U kompaniya moliyaviy jihatdan oğir ahvolda bölgani, muammolar köpligi va xorijdan investitsiya olib kirilsa, kamida 10 foiz ustama tölaşga töğri kelişi sababli narxlar oşirilayotganini bildirdi.
Xalqaro Press klub sessiyasida iştirok etgan Umurzoqovga köra, Özbekistonga boşqa xorijiy avtomobilsozlik kompaniyalarni olib keliş mumkin, lekin bu holatda bori ham yangisi ham kasodga uçraydi. Umurzoqovning aytişiça, xorij kompaniyalari kelişi bilan raqobat haqida söz boradi. Bunga esa, hali heç kim tayyor emas.
Foto: Reuters
Xöş, raqobat mahalliy avtosanoat uçun şunçalik qörqinçlimi? Mahalliy avtobozorda raqobatga salkam çorak asrdan beri doş berişni örgana olmagan korxonani xalq puli evaziga himoya qiliş özini qançalik oqlaydi? Albatta, bu borada xorij tajribasini örganiş asqatişi tabiiy. Şunday ekan, internetdagi ma'lumotlardan foydalangan holda avtomobilsozlikda ulkan natijalarni qayd etgan Germaniya, Özbekistonda avtosanoat poydevorini qöyişda hissa qöşgan Janubiy Koreya, bugungi kunda eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi maqomida bölgan Xitoy tajribasiga doir turkum maqolalarni öquvçilar e'tiboriga havola etişga qaror qildik. Turkum maqolalar yakunida Özbekiston avtosanoatidagi bugungi holatni xolis örganib, uni sizlarning e'tiboringizga yetkazişga harakat qilamiz. Demak, dastavval, Özbekistonda avtomobilsozlik poydevorini qöyişda yelkadoş bölgan Koreya avtomobilsozligi haqida.
Foto: Hyundai
Koreya respublikasi dunyo avtomobilsozlik sanoatida öz ovoziga ega bölib, işlab çiqariş hajmi böyiça beşinçi örinda turadi. Tasavvur qilyapsizmi, bir vaqtlar xorijiy kompaniyalar tomonidan import qilingan butlovçi qismlardan maşina yiqqan davlat hozirda dunyoning eng yetakçi avtomobilsoz mamlakatlaridan biri.
Mavzuga oid
Mamlakat avtosanoati tarixi ötgan asrning 60-yillariga borsa-da, 1988 yil (oradan 26 yil ötgani e'tiborli) 1 mln dona avtomobil işlab çiqilgan sana sifatida tarixda qolgan. Umuman, Koreya avtomobilsozlik sanoati 4 bosqiçda rivojlangan, desak xato bölmaydi.
Gukje Shibal
Foto: Wikipedia
- 1962-1973 yillarda avtomobillar import butlovçi qismlardan yiğilgan;
- 1974 yildan öz avtomobil sanoati oyoqqa tura boşlagan;
- 1983 yili Koreya respublikasi avtomobillar eksportini va ommaviy işlab çiqarişni yölga qöygan;
- 1998 yildan globallaşuv deyiş mumkin bölgan sönggi bosqiç davri boşlangan.
Garçi Koreyadagi ilk avtomobil 1903 yili keltirilgan va qirol Kojonga xizmat qilgan Rolls-Royce bölsa-da, 1945 yilgaça avtomobil haşamat va boylik belgisi hisoblanar edi.
Koreyaning ilk maşinasi Seul çekkasidagi ustaxona şaroitida Amerikaning çiqindiga çiqarilgan avtomobillarining yaroqli qismlaridan yasaldi.
Keyinroq, Amerika va Italiya firmalarining ehtiyot qismlaridan maşinalar yiğiş yölga qöyildi. Chevrolet butlovçi va ehtiyot qismlaridan maşinalar tayyorlandi. Ammo, ularning sifati yaxşi emas, soni aholi talabini qondirolmasdi. Diqqat qilsak, bizdagi holatga deyarli öxşaş vaziyatni koreyaliklar ham boşdan keçirgan edi.
Shinjin Shinsungho
Foto: Wikipedia
1960 yilda Shinjin Automobiles Yaponiyaning Toyota kompaniyasi bilan erişilgan texnik litsenziyalaş negizida Shinjin Publica loyihasini işga tuşirdi. 1962 yilda hukumat avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirişga doir dasturini e'lon qilib, uşbu sanoatni himoya qiliş qonunini qabul qildi.
Şu yilning özida bira töla 3ta kompaniyaga asos solindi:
1. Keongseong Precision Industry (keyinçalik Kia Industry) 1964 yildan Mazda bilan hamkorlikda maşinalar yiğa boşladi;
2. Ha Dong-Hwan Automobile Industry Co. (hozirgi SsangYong Motor Company);
3. Saenara Automobile esa Nissan Motor Co. texnik kömagida taşkil etildi.
Umuman, 1962-68 yillar oraliğida Koreya avtosanoatining yetakçi kompaniyalariga asos solingan edi. 1965 yilda Asia Motors Company, 1968 yili Ford Motor Company texnik kömagida Hyundai Motor Company iş boşladi. Qayd etiş örinli, dastavval bu kompaniyalarning bari faqat maşina yiğiş bilan şuğullangan.
Hyundai Pony
Foto: Wikipedia
Koreyada avtomobilsozlik sanoatining çin ma'noda rivojlanişiga hukumatning 1974 yilda avtosanoat işiga bevosita aralaşişga qaror qilgani turtki böldi. Davlat rahbariyati ayrim kompaniyalarga sezilarli imtiyozlar taqdim etdi, bunga javoban imtiyozga ega kompaniyalar hukumatning istalgan “tavsiyalari”ni bajarişi talab etildi. Unga köra, Shinju, Asia Motors, Hyundai Motors va Kia avtomobil gigantlariga aylanişi kerak edi.
Birmunça vaqt ötgaç, Shinju negizida Daewoo xoldingi va General Motors hamkorligida qöşma korxona oçilib, Daewoo Motors kompaniyasiga aylandi, Asia Motors esa Kia’ga qöşildi. Ularning har biri siyosiy qöllab-quvvatlov va imtiyozli kredit evaziga yiliga 50 ming donadan avtomobil işlab çiqiş darajasiga çiqiş hamda mahalliy butlovçi qismlar hajmini oşiriş topşiriğini bajarişlari kerak edi. Ya'ni 1980 yilga kelib, koreys butlovçi qismlari bu yerda işlab çiqilgan avtomobillarning 91 foizini taşkil etişi şart edi. E'tibor bering, şart edi.
Şu örinda qayd etiş örinliki, Koreya hukumati avtomobil eksport qilişni maqsad qilar ekan, mahalliy işlab çiqaruvçilarga har tomonlama yordam berdi. Xorijdan avtomaşinalar olib kiriş boji şunçalik yuqori belgilandiki, çetdan olib kiriş foydasiz bölib qoldi. 1975 yilda joriy etilgan qoidaga köra, xorijdan faqatgina öşa butlovçi qismni Koreyada işlab çiqariş mumkin emasligiga doir işonçli hujjatlar taqdim etilgandagina olib kiriş mumkin böldi.
Albatta, bunday proteksionizm öz samarasini bermay qolmadi. Masalan, Kіa ehtiyot qismlarining 95 foizi 1980 yilga kelib mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan yetkazib berildi. Maşinalar işlab çiqariş soni böyiça vazifa ham uddalandi. 1979 yili J.Koreyada 204 mingta maşina işlab çiqildi. Afsuski, bizda bölgani kabi öşa vaqtlarda işlab çiqilgan avtomaşinalarning aksariyati Yevropa, Amerika va Yaponiya avtomobilsozlari işlanmalarining nusxalari edi.
Foto: Wikipedia
Koreya avtomobilsozligining uçinçi bosqiçi şartli ravişda 1983-1998 yiillarni öz içiga oladi. Kiçik litrajli va birmunça raqobatbardoş Hyundai Excel Amerika avtomobil bozoriga çiqişi yangi davrni boşlab berdi. Excel öz sinfida tengsiz emas edi, ammo sifat va narx uyğunligini qidirganlar uçun juda mos edi. Nihoyat, Koreya avtosanaoti vakili Hyundai AQŞ bozori uçun arzon, lekin sifatli maşina yetkazib berişning uddasidan çiqqandi. Koreya avtomobilsozlarining keyingi muvaffaqiyatlarini ommaviy talabga bemalol boğlaş mumkin. Ular öz içki siyosatlarini şu asosda barpo qilişdi. Şu bilan birga, XX asrning 70-yillaridan 1997 yilgi Osiyo inqirozigaça Koreya avtosanoati uçta yirik iştirokçi: Kia Motors, Daewoo Motors va Hyundai Motors örtasida taqsimlandi.
1988 yili içki siyosiy vaziyat özgarib, harbiylar hokimiyat tepasidan ketişi avtomobil gigantlariga ham ta'sir körsatdi. Iş haqlari oşirilgani raqobatdagi asosiy ustunlik — malakali va arzon iş kuçini deyarli çippakka çiqardi. Bu esa, xorijiy mamlakatlarda qöşma korxonalar oçiş böyiça investitsiya kampaniyasini boşlab berdi. Korxonalar asosan, Rossiya, Polşa, Ruminiya, Ukraina va Özbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda oçildi. Şu bilan bir vaqtda, Koreya avtogigantlari butun dunyo böylab savdo va ta'mirlaş markazlarini oçişga e'tibor qaratişdi.
1997 yilgi Osiyo inqirozi Koreya avtosanoatiga jiddiy salbiy ta'sir körsatgani rost. Katta uçlikda bölib kelgan Kia kasodga uçraganini e'lon qildi. Uning ortidan Hyundai kompaniyasidan taşqari deyarli barça avtomobil işlab çiqaruvçilar şunday muammolarga duç keldi. Qulay vaqtda olingan kreditlar bilan boğliq masala muammoning asl sababi edi. Kia Hyundai Motors tomonidan xarid qilindi va Hyundai xoldingidan ajralib çiqib, alohida mustaqil kompaniyaga aylandi.
Eng qiziq jarayon Daewoo Motors bilan röy berdi. 1999 yili Daewoo xoldingi (Özbekistonda ham qöşma korxona oçgan edi) kasodga uçragani e'lon qilindi. Biroq konsernning avtomobilsozlik şö'basiga 2 yildan ortiqroq vaqt mobaynida xaridor topilmadi. 2002 yildagina General Motors uni xarid qilişga qaror qildi va yangi GM Daewoo Auto & Technology Co.ga asos solindi. Kompaniya avvalgi modellarni işlab çiqarişni davom ettiriş barobarida Chevrolet brendi ostida yangi modellarni ham işlab çiqarişni yölga qöydi.
Daewoo Nexia
Foto: Wikipedia
Maqola söngida aytiş joizki, J.Koreya tajribasida bittagina avtomobil zavodi bilan kifoyalanilmagan. Bir neça qisqa yillar içida (1962-68 yillar) 4ta avtokompaniya iş boşlagan. Bu proteksionizm şaroitida mahalliy raqobatni rivojlantirib, avtosanoat rivojiga ijobiy hissa qöşgan bölsa borki, aslo aksinça bölmagan. Qolaversa, özbek avtosanoati bosib ötgan “şonli” 22 yillik tarix Koreya avtosanoati, u vaqtda texnologiyalar hozirgidek rivojlanmagani inobatga olinsa, juda katta muddatligi namoyon böladi.
Şunday ekan, Özbekiston avtomobil işlab çiqariş sohasida Koreya tajribasidan kelib çiqib aytiladigan bölsa, raqobat muhitini barpo etiş vaqti allaqaçon yetib kelgan. Bunga bugungi “proteksionizm” siyosati yordam berişi tayin.