Özbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyadagi yirik sanoat korxonalardan biri hisoblangan “Dongho Cosmo” kompaniyasi bilan uç tomonlama kelişuv şartnomasini imzoladi. Unga köra, koreyalik investorlar Özbekistonda onlayn rejimda işlaydigan elektr, issiq va sovuq suv hisoblagiçlarini işlab çiqariş loyihasini amalga oşiradi. Bu haqda “Özeltexsanoat” AK

Axborot xizmati Kun.Uz’ga ma'lum qiladi.

Foto: “Özeltexsanoat” AK
matbuot xizmati
Foto: “Özeltexsanoat” AK
matbuot xizmati

“Özeltexsanoat” AK Boşqaruv raisi vazifasini bajaruvçi A. Abdullayev boşçiligidagi delegatsiya a'zolari Janubiy Koreyaga safar qilib, mamlakatdagi yirik elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar qilingan edi.
Janubiy Koreyaning Degu şahrida joylaşgan yirik sanoat korxonalardan biri – “Keuk Dong Ki Jeon” zavodi Koreyadagi “Dongho Cosmo” kompaniyasining doimiy hamkori hisoblanadi. Uşbu zavodda onlayn rejimda işlaydigan tabiiy gaz hisoblagiçlari işlab çiqariladi. Özbekiston delegatsiyasi korxonaning yillik işlab çiqariş quvvati, eksport salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi.

Foto: “Özeltexsanoat” AK
matbuot xizmati

Uçraşuvlar yakunida uç tomonlama (Özeltexsanoat AK, Andijon viloyati hokimiyati va “Dongho Cosmo” kompaniyasi) kelişuv imzolandi. Delegatsiya a'zolari 3 avgustga qadar Koreyaning yana qator yetakçi sanoat korxonalari vakillari bilan özaro manfaatli muzokaralar olib boradi.