Artel savdo belgisi Samsung brendi ostida muzlatgiçlar işlab çiqarişni boşlaydi. 4 million AQŞ dollari qiymatidagi loyiha, Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi hamkorligida yölga qöyilmoqda.
  
Loyihani Artel savdo belgisi ostida mahalliy muzlatgiçlarni işlab çiqaruvçi Polaris Technologies kompaniyasi amalga oşiradi. Natijada, korxonaning modellari qatori yana 4taga ortadi, deb xabar qilmoqda "Özeltexsanoat" AJ matbuot xizmati. 

Loyiha doirasida, Koreya, Yaponiya, Italiya va Xitoydan texnologiyalar va butlovçi qismlar xarid qilingan. Ularni yiğiş işlari xorijlik muhandislar nazoratida mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oşirilgan. 

Şu bilan, korxona 290 va 320 litr hajmli Samsung muzlatgiçlarini yiğişni özlaştirgan. Ularda, ekologik xavfsiz R-600 xladagentdan foydalaniladi. Inverterli kompressor A+ energiyani tejaş samaradorligiga ega.

Loyihaning birinçi bosqiçida mahalliylaştiriş darajasi 37,2 foizni taşkil etadi. 2018 yilga kelib, bu raqamni 45,8 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, işlab çiqariş jarayonida sifatni nazorat qiliş jiddiy yölga qöyilgan. Bu öz navbatida har qanday nuqsonning oldini olib, sifatli mahsulotlar işlab çiqariş imkonini beradi.

Joriy yilda, 6000 dona muzlatgiç işlab çiqariş rejalaştirilgan bölsa, 2017-2018 yillarda işlab çiqariş hajmi oşiriladi. Hozirda, qöşni mamlakatlarga eksport qiliş masalalari körib çiqilmoqda.