Jahon | 16:58 / 02.08.2018
7757
2 daqiqa o‘qiladi

OAV BMT tinchlikparvarlarini butun dunyo bo‘ylab bolalarni zo‘rlashda ayblab chiqdi

Foto: GETTY - CONTRIBUTOR

Britaniyaning Channel 4 telekanali Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tinchlikparvarlarining butun dunyo bo‘ylab ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari haqida hujjatli film namoyish etdi. Hujjatli film muallifiga Ramita Navay aylandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 8 oy davomida film ustida ishlagan.

Filmda tinchlikparvarlar, shuningdek, ayrim sobiq tinchlikparvarlar tomonidan jinsiy tajovuzkorlikka uchragan odamlar bilan intervyular bor. Ta'kidlanishicha, so‘nggi 15 yil mobaynida BMT tinchlikparvarlarining 1700dan ortig‘i ayollar va bolalarni zo‘rlashda ayblangan.

Masalan, sobiq BMT tinchlikparvari Dide Burjyening filmda aytishicha, Kongoda 20dan ortiq bolalar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizlarning biri o‘shanda 12 yoshda edi. The Guardian’ning yozishicha, uni 2008 yilda bolalarni zo‘rlashda ayblashgan, u ayni paytda ozodlikka chiqqan. Uning bildirishicha, ko‘plar och va pullarga ehtiyoji bo‘lgani tufayli qurbonlarni topish oson edi. 

Ko‘plab xabar qilingan holatlarga qaramay, faqatgina 53 nafar tinchlikparvar jazolangan va jinsiy jinoyatlar uchun qamoqxonaga jo‘natilgan. The Guardian'ning qo‘shimcha qilishicha, butun dunyodan jinsiy zo‘ravonlik holatlari haqida arizalar kelib tushgan. Filmda ko‘rsatilishicha, aksariyat hollarda zo‘ravonliklar markazida Afrika bo‘lgan.

The Sun’ning yozishicha, so‘nggi 12 yil mobaynida BMT missiyalari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvlar jarayonida tinchlikparvarlar va tashkilotning boshqa xodimlari tomonidan butun dunyo bo‘ylab ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq deyarli 2000ta holat aniqlandi. Ushbu holatlarda 30 dan ortiq jabrdiydalar bolalar edi.

Mavzuga oid