Bugun, 1 avgust kuni Samarqand viloyatining ikki tumanida hokimlar almaşdi. Dastlab Pastdarğom, söngra Toyloq tumanlariga yangi hokim tasdiqlangani ma'lum böldi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatidan xabar qilişlariça, bugun xalq deputatlari Pastdarğom tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgan. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatçisi Umar Ismoilov hamda viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimov iştirok etgan.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Pastdarğom tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Sobir Ergaşev örniga Bahodir Sadullayev tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlandi.

Bahodir Safiyulayeviç Sadullayev 2017 yilning 19 avgustidan buyon Toyloq tumani hokimi vazifasida işlab kelayotgan edi.
Şundan söng U.Ismoilov hamda E.Turdimovlar xalq deputatlari Toyloq tumani kengaşining ham navbatdagi taşqari sessiyasida iştirok etişgan.
Sessiyada Baxodir Safiyullayeviç Sa'dullayev Past Darğom tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani munosabati bilan Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
2014 yil sentabr oyidan buyon «Agrobank» Samarqand viloyati boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelgan Baxodir Qodiroviç Bobonazarov Toyloq tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyati davlat soliq boşqarmasi rahbarlari jiddiy ogohlantirilgani haqida xabar qilingandi.












