«Özbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmon mamlakatda investitsion muhitni yanada yaxşilaş, töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qilişni rağbatlantiriş, mazkur yönalişda davlat siyosatining izçilligiga investorlarning işonçini mustahkamlaş va investorlar bilan işlaşda davlat tuzilmalarining mas'uliyatini oşiriş maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga asosan eksport kontraktlarini kontrakt tuzilgan kunda «Özagroeksport» AJ e'lon qilgan narxlardan past bölmagan narxlar böyiça tuziş, şuningdek, eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida ötkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxonada bojxona yuk deklaratsiyasi röyxatga olinadigan kunda «Özagroeksport» AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bölmagan narxlar böyiça rasmiylaştiriş tartibi bekor qilindi.

Eslatib ötamiz, Kun.uz uşbu mavzu böyiça bir qator reportaj va maqolalar e'lon qilgan, ularda «Özagroeksport» tomonidan belgilangan narxlar yetiştirilgan mahsulotlar eksportiga töğanoq bölayotgani yoritilgandi.