Ikki hafta ilgari jaziramadan 14 kishi vafot etgani va 1,3 ming kishi jabrlangani xabar qilingandi.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 29 iyul holatiga qurbonlar soni 27 kishiga yetgan, ikki mingdan ortiq kishi jabrlangan.

Janubiy Koreya meteoxizmati chorshanba kuni mamlakatda harorat rekordi yangilanganini ma'lum qildi. Seuldan 85 kilometr janubda joylashgan Xonchxon uyezdida harorat 41 darajaga ko‘tarilgan.

Poytaxt Seulda ham 111 yil davomidagi eng yuqori harorat - 39,6 daraja issiq qayd etilgan.