Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi Farmoniga asosan Dilşod Faxriyeviç Rahimov Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi.

Foto: Dilşod Faxriyeviç Rahimov

Dilşod Rahimov 1978 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 2002 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2010 yilda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Departamentda boşlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Boş prokuratura bölim prokurori, katta prokurori, boşqarma katta prokurori, boşqarma boşliği örinbosari, boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliğining birinçi örinbosari lavozimida işlagan. U endilikda Boş prokuror örinbosariga aylangan Akmalxöja Mavlonov örnida iş boşlaydi.

Öz navbatida, Rahimovga birinçi örinbosar tayinlangan.

Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining 2018 yil 2 avgustdagi buyruğiga asosan Umidjon Salimoviç Muhamedov Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Umidjon Salimoviç Muhamedov

Umidjon Muhamedov 1976 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 1998 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 1998 yilda Toşkent harbiy prokuraturasida boşlab, Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2010 yildan Boş prokuratura bölim katta prokurori, bölim boşliği örinbosari, boşqarma boşliği örinbosari, boşqarma boşliği, Ohangaron tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.