Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechiktirilganda soliq qarzi plastik kartochkadan qancha miqdorda yechib olinadi?
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni paysalga solib yuruvchi fuqarolarimiz hali ham uchrab turibdi, deb yozadi Zarnews.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining shu yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilgan yangilik mana shunday holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Endilikda soliq organlariga yuzaga kelgan soliq qarzdorligini soliq to‘lovchi-jismoniy shaxslarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvaraqlaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridan ko‘p bo‘lmagan summada so‘zsiz kesib olish huquqi berildi. Bu o‘z navbatida qarzdorlikni undirishga, unga qo‘shimcha hisoblanadigan penya summalarining ortib ketmasligiga xizmat qiladi.
Joriy etilayotgan yangilik soliq xizmati organi xodimi ish samaradorligini oshirish, mablag‘larni o‘z vaqtida davlat byudjyetiga tushirishga imkon beradi.
Mavzuga oid
08:16 / 11.07.2021
G20 mamlakatlari moliya vazirlari global soliq to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi
07:41 / 22.04.2021
«Obnal ishi» bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bahslar bilan yakunlandi
11:32 / 22.06.2020
Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi e'lon qilindi
12:21 / 14.12.2019