Navoiy viloyatida Turkiyada yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk mashinasi butunlay yonib ketdi
Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-379 avtomobil yo‘lining 79-km.da yo‘l-transport hodisasi oqibatida “MAN” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.
2018 yil 27 iyul kuni soat 11 dan 25 daqiqa o‘tganda 1-Kasbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismining dispetcherlik xizmatiga Konimex tumani A-379 Xalqaro avtomobil yo‘lining 79-km.da Zarafshon-Navoiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan (mazkur yuklar Qozog‘iston Respublikasidan Namangan viloyatiga olib borilayotgan bo‘lgan) Turkiya davlatining Istanbul shahrida yashovchi fuqaro A.J. boshqaruvidagi “MAN” rusumli katta hajmdagi yuk tashish transport vositasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida fuqaro F.Abdullayev tomonidan qo‘l telefoni orqali xabar kelib tushgan.
Ko‘rsatilgan manzilga yong‘in o‘chirish avtomobillari soat 11 dan 28 daqiqa o‘tganda yetib borgan vaqtda, yuqoridagi manzilda yong‘in sodir bo‘lgan avtomobilning salon, motor qismi va kichik tirkamasi ochiq alanga bilan yonayotganligi aniqlangan.
Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11 dan 29 daqiqa o‘tganda qurshab olinib, 1 ta havo ko‘pikli dastak orqali soat 12 dan 15 daqiqa o‘tganda to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida avtomobilning kabinasi (saloni), dvigateli, old-orqa shinalari va kichik tirkamasi butunlay yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Voqea joyi ko‘zdan kechirilganda, avtomobil old qismi bilan yo‘l qatnovining o‘ng tomonidagi 3 metr qiya pastlikka boshqaruvni yo‘qotib qulaganligi aniqlandi.
Yong‘inni kelib chiqish sababi - yuk avtomobili haydovchisi A.J. avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qatnov qismidan o‘ng tomon qiya pastlikka old qismi bilan qulashi natijasida shikastlanib, dvigatel qismidan yong‘in kelib chiqqan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi
Jahon | 08:26
-
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi
Jahon | 07:53
-
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 07:35
Mavzuga oid

18:55 / 24.04.2025
Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

18:42 / 21.04.2025