Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilişiça, Markaziy Afrika Respublikasida noma'lum şaxslar rossiyalik jurnalistlarga talonçilik sodir etiş maqsadida hujum qilgan. Zaxarovaning sözlari vazirlikning tvitterdagi sahifasida keltirilgan.

«Markaziy Afrika Respublikasi huquq-tartibot idoralarining dastlabki ma'lumotlariga köra, rossiyaliklar talonçilik sodir etiş maqsadida hujumga uçragan», - deya ma'lum qildi Zaxarova. 

Uning ta'kidlaşiça, jurnalistlar qarşilik körsatişga harakat qilişganida öldirilgan.

Şuningdek, Zaxarovaning ma'lum qilişiça, öldirilgan Kirill Radçenko, Aleksandr Rastorguyev va Örxon Jamol rossiyalik harbiylar maşğulotlar olib borgan harbiy bazaga kiriş uçun akkreditatsiya olişga ariza topşirmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi» Xalqaro taşkiloti (CPJ) Markaziy Afrika Respublikasi, Rossiya va Birlaşgan Millatlar Taşkilotini uç nafar rossiyalik jurnalistning MARda öldirilişini har tomonlama tekşirişga çaqirgandi. Qömitadan qöşimça qilişlariça, MAR, Rossiya va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rasmiylari jiddiy tekşiruv ötkazişi va «jurnalistlarning öldirilişi jazosiz qolmasligi»ni isbotlaşi kerak.