Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Myuller bilan uchrashish haqida qachon qaror qabul qilishi ma'lum
Foto: Carolyn Kaster/AP Photo
AQSh prezidentining advokati Rudolf Juliani so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp 10 kun ichida prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha ish bilan shug‘ullanayotgan maxsus prokuror Robert Myuller bilan uchrashish haqida qaror qabul qiladi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Myuller uchrashish haqidagi qarorni yetti yoki o‘n kun ichida qabul qiladi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp advokatlari uchrashishdan bosh tortish imkoniyatini hamon ko‘rib chiqishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp «Rossiya ishi»ga tvitter yordamida xalaqit berishga uringanlikda gumonlanayotgani bildirilgandi.
Mavzuga oid
12:19 / 23.03.2026
Tramp Robert Myullerning o‘limiga munosabati bilan shov-shuv uyg‘otdi
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020