Özbekiston va Tojikiston örtasidagi munosabatlar yaxşilangan ilk kunlardan ikki mamlakatning epçil tadbirkorlari  bozorni örganib, biryöla eng xaridorgir tovarlarni aniqlaşga kirişişdi, deb yozişmoqda "Salom, qöşnilar!" loyihasi mualliflari.

Şunday qilib, TOP-5 röyxatiga şirinliklar, maişiy texnika, alyuminiy idişlar va öyinçoqlar kiritilgan.

"Özbekistonda bizning manti qasqonlarimiz, kastryullarimiz va toğoralarimizga talab katta. Bu yerdan biz televizor va muzlatgiçlar olib boramiz. Ularning özida yöqmi, deb öylaşingiz mumkin. Bor, albatta, biroq u yerda bularning bari qimmatroq. Hatto Xitoyda işlab çiqarilgan televizor ham Özbekistonda bir neça yuz somoniyga qimmatroq", - deydi tojikistonlik işbilarmon Fotima Qurbonova.

Ayolning sözlariga köra, özbekistonlik savdogarlar tojiklardan, masalan, 128 AQŞ dollariga televizor sotib olib, uni özlarida 22 dollarga qimmatroqqa sotişadi. Tovar juda xaridorgir, çunki Özbekistondagi dökonlarda xuddi şunday televizor 160 dollarga sotiladi.

Ikki mamlakat örtasidagi çegarani kuniga 250 nafardan ziyod tojik va özbek savdogarlari kesib ötişadi. Çegarani kesib ötişga deyarli 1,5 soat ketadi. Işbilarmonlar bunday savdo-sotiqlarda kuniga 150 somoniydan (120 ming sömdan) ortiq pul işlaşadi.