Zimbabvening amaldagi yetakçisi Emmerson Mnangagva barça ön viloyatdagi ovoz berişlar natijalari hisoblab bölinganidan snög prezident saylovida ğalaba qozongani ma'lum böldi. Bu haqda SABC telekanali saylov komissiyasidagi manbaga tayanib xabar berdi.
Zimbabvening hukmron partiyasi «Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvar front» partiyasining rahbari hisoblanuvçi Mnangagvaga 2,46 milliondan ortiq saylovçilar ovoz bergan. Muxolifatdagi «Demokratik özgarişlar harakati» partiyasidan nomzod Nelson Çamiza 2,15 millionga yaqin ovoz töplagan.
Avvalroq mamlakat poytaxti Xarare köçalarida harbiylar va muxolifat tarafdorlari örtasida töqnaşuvlar bölib ötgani va uç kişi halok bölgani xabar qilingandi.

















