Özbekiston Respublikasi prezidenti “Respublika hududlarida «Business city» zamonaviy işbilarmonlik markazlarini yaratiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Quriliş vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarining Qoraqalpoğiston Respublikasi, respublika viloyatlari tuman hamda şaharlarida va Toşkent şahrida «Business sity» şaklidagi zamonaviy işbilarmonlik markazlarini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Belgilanişiça, tuman va şaharlarda «Business sity» markazlarini taşkil etiş töğrisidagi qaror Qoraqalpoğiston Respublikasi, respublika viloyatlari hamda Toşkent şahar hokimliklari tomonidan ularning konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasida muvofiqlaştirilgaç qabul qilinadi.

«Business sity» markazlari hududida obektlarni quriş investorlar mablağlari, jumladan xayriya mablağlari, kreditlar va qonunçilik bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi. 

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Business sity» markazlari faoliyatini samarali taşkil etişni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi. 

2019 yilning 1 yanvariga qadar tegişli tuman va şaharlarda «Business sity» markazlarini barpo etiş töğrisidagi qarorlar qabul qilinişi lozim.

«Business sity» markazlarini quriş böyiça loyihalarni amalga oşiriş doirasida investorlar 2021 yilning 1 yanvariga qadar mol-mulk soliği va yer soliğini tölaşdan ozod etiladi. Şuningdek, boş pudratçi va boş loyiha taşkiloti Özbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariluvçi (körsatiluvçi) işlar (xizmatlar) böyiça qöşilgan qiymat soliğini tölaşdan ozod qilinadi.