Bilim, birinçi navbatda, faktlar bilan uzviy boğliq. Nimanidir örganib oldingiz, endi uni muayyan sohada qöllay olasiz. Bu bilan çeklanib qolmang, keyingi bosqiç – donişmandlikka intiling.

Foto: Pixabay

Aqlli kişi biror narsani özlaştirgaç, uni faqat bir holatdagina qöllaş mumkin, deb hisoblamaydi. U mazkur hodisa boşqalari bilan qanday boğliq ekanini köra oladi.

Agar bilim amaliy ahamiyatni bersa, donişmandlik bizning dunyo bilan özaro munosabatimizni özgartiradi. Tadbirkor va bloger Zet Rana (Zat Rana) hayotga nisbatan donişmandlarça nazarni şakllantiriş haqida gapirib berdi.

Donişmandlikka qanday erişiş mumkin?

Agar ma'lumotni eslab qoliş bilan birga uni özlaştirgan bölsangiz, dunyoni qabul qilişingiz biroz özgaradi.

Masalan, mana bu vaziyatni tasavvur qilib köring: talabasiz, qiyin imtihon topşiryapsiz va köçirişga qaror qildingiz. Öqituvçi buni sezib qoldi va natijada sizni keyingi kursga ötkazmaydigan bölişdi. Bundan imtihonlarda köçiriş qaltis, degan xulosa çiqariş mumkin. Qölga tuşib qoliş ehtimoli oz bölsa-da, oqibati hayotingizni yomon tomonga özgartirib yuborişi mumkin. Siz boşqa bunday qilmaslikka qaror qilasiz.

Foto: Pixabay

Biroq bu hali donişmandlarça yondaşuv emas. Muayyan vaziyatda olingan bilimni özgartirib, keng qöllaniladigan qoidaga aylantiring. Oğir oqibatlar köçirişlargagina xos emas. Moliyaviy, karera, şaxsiy hayotda xatarlilik darajasi yuqori bölgan barça qarorlarga ehtiyotkorlik bilan yondaşiş kerak.

Asosiy hayotiy tamoyilni özlaştiriş uçun olingan tajribaning mohiyatini avvalgi bilimlar bilan boğlaş lozim.

Şaxsiy axborot tarmoğini yarating

Ilm-fanda Metkalf qonuni mavjud. Dastlab undan telekommunikatsion tizimlarni tasvirlaş uçun foydalanişgan. Biroq uni boşqa sohalarda ham qöllasa böladi. Mazkur qonunga muvofiq, tarmoqning foydasi unga ulangan foydalanuvçilar soni bilan ortib boradi. Har qanday tizimda tugun va ular orasida aloqa bor. Uning ahamiyati alohida elementlar bilan emas, aloqalar soni bilan aniqlanadi.