KUN.UZ saytida ötkazilgan xayriya aksiyasi natijasida jajjigina vatandoşimiz Umriniso ota-onasi bilan Hindistondan qaytdi. U 2 bora ötkazilgan xayriya aksiyasi natijasida tuğma yurak porogining oğir turidan foriğ böliş uçun jarrohlik amaliyotini ötkaziş maqsadida Hindistonga ketgan edi. Albatta, şifokorlar Umriniso töliq darddan foriğ bölmagani, uning qon tomirida toraygan qismi bölib, keyinçalik tomirni kengaytiriş amaliyotini ötkaziş zarurligini ta'kidlaşgan.
Hindistondan yuragidagi nuqsonlaridan foriğ bölib qaytgan Umriniso ota-onasi KUN.UZ tahririyatiga keldi. Qizaloqning otasi Bahrom akaning aytişiça, uning qizi şifo topişida ozmi-köpmi yordam körsatgan barça vatandoşlardan minnatdor. U rafiqasi bilan farzandlarini uşbu vatanga xizmat qiladigan şaxslar sifatida tarbiyalaşga ahd qilganlarini bildirar ekan, özbek xalqi özaro yordam berişga şoşiladigan, saxovatpeşa xalq ekaniga işonç hosil qilganini bildirdi.
Avval xabar berilganidek, Umriniso tuğma yurak porogining kam uçraydigan xilidan aziyat çekib, 3ragida 3ta teşik bölgan, vena va arterial qon tomirlari örni ham almaşib qolgan.
Takidlaş örinliki, xayriya natijasida töplangan summadan 15 mln söm ortib qolganligi bois, uni Qaşqadaryo viloyati, Tolimarjon şaharçasida istiqomat qiluvçi, yurak porogidan aziyat çekayotgan Isroiljon hisobiga ötkazildi.
Xayriya: Umriniso Hindistonda reanimatsiyada – unga yordam kerak!
Şu örinda, KUN.UZ tahririyati ham öz çaqiriğiga “labbay” deb javob bergan barça vatandoşlarga minnatdorçilik izhor qiladi hamda millatni jipslaştiradigan bu kabi işlarda yanada faol bölişga çaqiradi. Alloh barçamizning qilayotgan xayrli işlarimizda Özi madadkor bölsin va davomli qilsin, savoblarini köpaytirib bersin!
Tolib Rahmatov tayyorladi

















