O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Mamlakatimiz temir yo‘l transporti tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, sohani zamon talablari asosida rivojlantirish, mintaqa va jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, xalqaro standart va talablarga mos yangi temir yo‘llarni barpo etish, tarmoqning barqaror va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash, xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini yuksaltirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi»
Yuldashev Sergey Vladimirovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi «O‘zbekiston» elektrodeposi mashinist-yo‘riqchisi, Toshkent shahri
Yusupov Yusupbay Ismailovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Urganch lokomotiv deposi chilangari, Xorazm viloyati
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi»
Abduraximov Xadyatullo To‘g‘onovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 164-yo‘l mashina stansiyasi kran mashinisti, Farg‘ona viloyati
Kan Eduard Grigorevich - «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyatining temir yo‘llarni loyihalash bo‘limi loyihalar bosh muhandisi
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Odilov Alisher Ravshanovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Saliyev Batirjan - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Yagona dispetcherlik markazi bosh poyezd dispetcheri
Suyarov Shamshiddin Norkulovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Tinchlik» lokomotiv deposi ta'mirlash sexi brigada boshlig‘i, Navoiy viloyati
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

















