Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyatidagi maktablar holati. Oliy toifali pedagoglar salmog‘i bir foizga ham yetmaydi
Foto: Dreamstime
Milliy matbuot markazida Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining joriy yil birinchi yarmidagi faoliyati va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Marifat nashri.
O‘tgan davr mobaynida qo‘mita tomonidan ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ijrosi ustidan parlament nazorati tizimli ravishda amalga oshirildi. Xususan, nazorat-tahlil faoliyati doirasida “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunning umumiy o‘rta ta'limga doir bandlari ijrosi Sirdaryo viloyati misolida o‘rganilgan. Ta'lim muassasalarida sog‘liqni saqlash ishlari monitoring qilinganda, ayrim maktablarda tibbiy xizmat sifati, ovqatlanish, gigiyena talablari qoniqarsiz ekani ma'lum bo‘ldi. Xususan, 160 maktabda tibbiyot xonasi, 149 maktabda oshxona uchun sharoit yaratilmagan. Senat monitoringi davomida viloyat maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning mingga yaqini o‘rta maxsus ma'lumotga egaligi, oliy toifali pedagoglar salmog‘i bir foizga ham yetmasligi, ikki yuzdan ortiq ish o‘rni bo‘sh turgani ta'kidlandi.
— Sirdaryo viloyati misolida olib borgan kuzatuvimiz natijasida ko‘plab masalalar jamoatchilik e'tiboriga havola etildi, — deydi qo‘mita raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev. — Qonun ijrosini o‘rganish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror boshqa hududlarda shu kabi kamchiliklarning oldini olish uchun tegishli mutasaddilarga yuborildi. Bu tahlillar “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish jarayonida o‘z natijasini beradi.
Mavzuga oid
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026
Markaziy Osiyoda bu yil sug‘orish suvi zaxiralari kam bo‘lishi mumkin
09:41 / 03.03.2026
Toshkent va Sirdaryoda narkojinoyatlar zanjiri fosh etildi
10:19 / 09.02.2026