Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomobil raqamlari o‘g‘risi ushlandi
Toshkent shahar IIBB avtomobillar davlat raqam belgilarining noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlanayotgani haqida xabar bergandi. Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani Chust va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalarida to‘xtab turgan avtomobillardan davlat raqamlari belgilarini yechib olgan huquqbuzar bog‘lanish uchun Telegram-kanal nomini yozib qoldirgan, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida huquqbuzarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Bu 17 yoshli T.Yan bo‘lib chiqdi. Uning uyidan jabrlanuvchilardan biriga tegishli bo‘lgan avtomobilning davlat raqami belgisi va huquqbuzar foydalangan uyali telefon apparati topildi.
Gumondorning qonuniy vakili guvohligida o‘tkazilgan tergov jarayonida T.Yan o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.
Ayni paytda ushbu shaxsning shunga o‘xshash boshqa jinoiy holatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda. Shuningdek, surishtiruv davomida ushbu o‘smirning jinoyatga nega qo‘l urgani, uning sabab va omillariga aniqlik kiritiladi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026