Özbekiston Professional futbol ligasi mavsum boşidan buyon har oy eng yaxşilarni aniqlaş uçun ötkazib kelayotgan sörovnomasini davom ettiradi.
Mazkur sorovnomada Superliganing 12 ta klubi boş murabbiylari va sardorlari iştirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy saytida böladigan sörovnoma orqali qabul qilinadi.
Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yaşil maydonlarida Jahon çempionati-2018 bölib ötdi. Şu sababdan Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur öyini taşkil etildi. Şuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uçun bitta sörovnoma taşkil qilişga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxşilari aniqlanişi biroz nojoiz bölar edi.
Şu tariqa, iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uçraşuvlarida özlarini yaxşi tomondan körsata olgan laureatlar aniqlanişi jarayoni boşlandi.
Ortda qolgan 6 ta tur uçraşuvlarida Andrey Fyodorov boşçiligidagi “Lokomotiv” jamoasi 5 ğalaba va 1 durang qayd etdi. Mirjalol Qosimov ustozligidagi “Bunyodkor” va Şota Arveladze rahbarligidagi “Paxtakor” esa 1 martadan mağlub bölişdi.
Qayd etiş joizki, Arveladze 4-marta oyning eng yaxşi murabbiyi böliş uçun nomzodlar qatoridan örin egalladi. Mirjalol Qosimov hamda Andrey Fyodorov esa hozirga qadar 2 martadan oyning eng yaxşisi böliş uçun da'vogarlar safidan joy olişgan edi.
Oyning eng yaxşi murabbiyi böliş uçun nomzodlar
Andrey Fyodorov (“Lokomotiv”) – 5 ğalaba, 1 durang
Mirjalol Qosimov (“Bunyodkor”) – 3 ğalaba, 2 durang, 1 mağlubiyat
Şota Arveladze (“Paxtakor”) – 4 ğalaba, 1 durang, 1 mağlubiyat
Eslatib ötamiz, avvalroq Superliganing iyul oyidagi eng çiroyli gollari e'lon qilingandi.

















