Özbekiston Professional futbol ligasi (ÖzPFL) 17 noyabr kuni Superliganing 2024 yilgi mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Taşkilot uşbu jarayonni yöl-transport hodisalari (YTH) oqibatida halok bölganlar xotirasiga bağişladi. Bu bejiz emas — noyabr oyining uçinçi yakşanbasi butun dunyoda YTH oqibatida halok bölganlarni xotirlaş kuni hisoblanadi. 2024 yilda bu sana 17 noyabrga töğri keldi.
«Afsuski, sönggi vaqtlarda yurtimizda köplab insonlar yöl-transport hodisasi tufayli jabrlanmoqda. BMT Boş Assambleyasining rezolyutsiyasiga köra, noyabrning uçinçi yakşanbasi — Butunjahon yöl harakati qurbonlarini xotirlaş kuni sifatida belgilangan.
Liga Superliga ramziy terma jamoasini uşbu tarzda e’lon qiliş orqali, yöllarda harakatlanuvçi barçani xuşyorlikka va yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çorlaydi», deyiladi taşkilot matbuot xizmati xabarida.
Mazkur rolik Gazeta.uz naşri hamda Toşkent şahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Unda Superliganing 2024 yilgi ramziy terma jamoasidan örin olgan futbolçilar — «Nasaf» darvozaboni Abduvohid Ne’matov, «Surxon» himoyaçisi Sunnatilloh Hamidjonov, «Andijon» himoyaçisi Vladimir Bubanya, «Söğdiyona» yarim himoyaçisi Oleg Zoteyev, «Nasaf» yarim himoyaçisi Akmal Mozgovoy, «Dinamo» yarim himoyaçisi Jurani Ferreyra, «Söğdiyona» yarim himoyaçisi Vladimir Yovoviç, «Dinamo» yarim himoyaçisi Anvarjon Hojimirzayev, «Söğidyona» hujumçisi Lupço Doriyev, «Paxtakor» hujumçisi Dragan Çeran, «Nasaf» hujumçisi Zoran Maruşiç hamda yil ustozi — «Nasaf» boş murabbiyi Röziqul Berdiyev YTH qurbonlariga hurmat bajo keltiradi.
Yöl-transport hodisalari va ularning ayançli oqibatlari Özbekistonda ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatda har yili sodir böladigan 10 mingga yaqin yöl-transport hodisalarida minglab kişilar tan jarohati oladi va halok böladi. Jabrlanuvçilar orasida voyaga yetmaganlar va bolalar ham köpçilikni taşkil etadi. Misol uçun, 2023 yili Özbekistonda bolalar bilan boğliq 1794 ta YTH yuz bergan, ular oqibatida 1568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafari halok bölgan.
















