Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi imom Hikmatulla qori Yusupov işi böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy sudiga protest keltirib, mahkumning turmuş örtoği M.Rahmatullayevaning murojaatini qanoatlantirdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

13 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan H.Yusupov 2016 yil 25 yanvardagi sud hukmiga köra, ÖzR Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan moddalar böyiça, ya'ni giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkazişda aybdor, deb topilgandi. 

Keyinçalik, Toşkent şahar sudi kassatsiya instansiyasining 2017 yil 14 fevral kungi ajrimi bilan sud hukmi özgarişsiz qoldirilgandi. 

Ayni paytda Boş prokuratura Rahmatullayevaning murojaatini qanoatlantirib, mazkur masalani çuqur örganib, jinoyat işi böyiça barça sud qarorlarini bekor qiliş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida protest keltirdi. 

Eslatib ötamiz, bundan avval Hikmatulla qoriga nisbatan çiqarilgan ikkita huquqbuzarlik holatlari böyiça sud qarorlari asossiz bölib çiqqani haqida xabar berilgandi. Unda aytilişiça, soxta guvoh va dalillar bilan Hikmatulla Yusupovga jazo tayinlangan.

Şundan söng, uşbu işga aralaşganlikda gumon qilingan ayrim MXX xodimlariga nisbatan jinoiy iş qözğatilgandi. Xorazm viloyati Harbiy prokuraturasi Hikmatulla qoriga 13 yil qamoq jazosi tayinlanişi ortida ayrim MXX xodimining noqonuniy ta'siri borligini tekşirmoqda.