Tez orada avtotransport vositalarini ham qöriqlaş xizmatiga topşiriş imkoniyati paydo bölişi mumkin. Bu haqda Toşkent şahar IIBB Qöriqlaş boşqarmasi boşliği Bekmurod Abdullayev Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Abdullayevning ta'kidlaşiça, ayni paytda avtotransport vositasini qöriqlaş uçun işlab çiqarilgan maxsus texnikalar ikkita maşinada sinovdan ötkazilmoqda. 

«Barçasi muvaffaqiyatli yakunlanişi bilan tegişli tartibda huquqiy hujjatlar tayyorlanadi va aholiga yangi xizmat taqdim etiladi. Aytiş joizki, avtomobilni qöriqlaş xizmatiga topşiriş uning egasiga maşinani kafolatli va xavfsiz saqlanişiga sabab böladi», deydi u. 

Bekmurod Abdullayevning aytişiça, ayni paytda uşbu xizmat uçun tölov miqdori va şartnoma talablari belgilanmagan.

Ma'lum qilinişiça, avtomobil öğrisi maşinadan biror buyum yoki qismni öğirlaşga ulgurmasdan, içki işlar qöriqlaş xizmati xodimlari voqea joyiga 3-5 daqiqada yetib kelişga qodir. 

«Bundan taşqari, maşinaning harakatlaniş yölini muntazam kuzatiş mumkin. Avtomobil egasining talabi bilan uni masofadan turib öçirib qöyiş imkoniyati ham mavjud», deydi boşliq. 

Qöriqlaş xizmati içki işlar idoralarining eng yirik bölimlaridan biri bölib, moddiy-tovar boyliklarini himoya qiliş xizmatini quyidagi turlarda amalga oşiradi: 

- texnik qöriqlaş;

- militsiya postlari orqali qöriqlaş;

- qöriqlaş militsiya yönalişlari orqali qöriqlaş;

- harbiylaştirilgan soqçilik bölinmalari orqali qöriqlaş;

- qorovul bölinmalari orqali qöriqlaş.

Ma'lumot uçun, xizmat tomonidan 2018 yilning 7 oyi davomida 26953ta xalq xöjaligi obekti va 12104ta fuqarolar xonadoni qöriqlanib kelinmoqda.  Sönggi 6 yil davomida xonadon qöriği narxi bir oy uçun 17 ming sömdan oşirilmagan.