Airbnb. Qanday qilib 3 oddiy yigit biznesning yangi modeliga asos solişdi?
Amerikaning Fortune jurnali muharriri, yuqori texnologik kompaniya va startaplar böyiça mutaxassis Li Gallaxer tunaş uçun kamtarona joy izlaş servisidan onlayn-gigantga aylana olgan Airbnb kompaniyasining yaratiliş tarixi va rivojlanişi haqida kitob yozdi. Gallaxer “firma siri”ni oçadi va Airbnb asosçilarining inqirozli vaziyatlardan çiqiş böyiça maslahatlarini keltiradi.
Iqtibos:
“Kompaniya asosçilari yengib bölmasdek tuyulgan tösiqlarni bosib ötişdi. Ularga heç kim işonmasdi. Ular qaynoq yelim, sarmoyadorlarning muzdek munosabati, zöriqişlar sabab uyqusiz tunlar va ota-ona xavotirini boşdan keçirdi. Biroq hozir biznesning oliy ligasiga yetib kelişdi. Demak ularni oldinda murakkabliklarning yuqori darajasi kutib turardi”.
Tamoyillar
Amerikaning CIO jurnali “Sarmoyalaşning Stiv Jobsi” deb atagan Rey Dalio – investitsion dunyoning eng ahamiyatli şaxslaridan biridir. 26 yoşida öz xonadonidan turib, (yana olti yil normal ofisi bölmagan) keyinçalik dunyodagi eng yirik fondga aylangan Bridgewater Associates xedj-fondiga asos soldi, uning özi esa jahonning eng badavlat va obröli kişilari röyxatidan mustahkam joy egalladi. Uning sözlariga qaraganda, kitobni boşqalarga muvaffaqiyatli bölişga yordam beriş uçun yozgan. Çunki tamoyillar (ham hayotiy, ham iş bilan boğliq) barini tizimlaştiriş, qarorlarni tezroq qabul qiliş va hayot darajasini oşiriş imkonini beradi.
Iqtibos:
“Tamoyillar — bu odam xulq-atvori asosi bölgan, unga hayotda erişmoqçi bölgan maqsadlarni qölga kiritiş imkonini beradigan fikrlardir. Maqsadga yetiş uçun ularni turli vaziyatlarda qayta-qayta özgartirib, qöllaş mumkin. Samarali tamoyillar töplamini muvaffaqiyatning yaxşi kitobi bilan taqqoslaş mumkin. Barça muvaffaqiyatli kişilar ularga muvaffaqiyatli bölişda yordam beradigan tamoyillarga qarab iş tutadi”.
Mavzuga oid
Matryoshka. Biznesni xorijliklar bilan qanday yuritiş kerak
Endi Freka — amerikalik bölib, deyarli 2 yil davomida Rossiyada öz biznesini yuritmoqda. Kitobning nomi muallifning Moskvada ilk marta xarid qilgan buyumi bilan boğliq bölib, hozirda u rossiyalik mahsulot va xizmatlar ramziga aylangan. Freka kitobxonni xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni yölga qöyiş va jahon bozorida öz biznesini töğri tarğib qilişga örgatadi.
Iqtibos:
“Ğarblik mijoz uçun şaffoflik juda muhim. Şuning uçun biznesingiz qanday qurilgani borasida istiqboldagi mijozlarga maksimal batafsil ma'lumot beriş - a'lo darajadagi yöl. Iş bilan boğliq masalalarni qanday hal qilişingiz haqida detallarigaça sözlab bering. Bu istiqboldagi mijozlar işonçini şakllantirişda yordam beradi”.
Spetsnaz usullari bilan biznesni boşqariş. Boş direktorga aylangan snayperning maslahatlari
Brendon Uebb nostandart karera yölini bosib ötdi: “dengiz muşuklari” – AQŞ dengiz harbiy kuçlari elita spetsnazidan - Hurricane Group, Inc.şaxsiy media tarmoq egasigaça. Öz kitobida harbiy va biznes-tajribasidan kelib çiqib, har qanday vaziyatlarga moslaşiş va muammolarni nostandart yöl bilan yeçiş böyiça maslahatlar beradi. Bu yerda “muvaffaqiyatli biznesmenlarning yetti tamoyillari” va köplab tadbirkorlarning tajribasi töplangan.
Iqtibos:
“Bunkerda yaşab bölmaydi. Taşqi dunyodan nafaqat xavf balki yoqimli imkoniyatlar ham keladi. Kiçik firma egasi ham, mayda korxona xöjayini ham, yakka tadbirdagi tadbirkor ham, yirik kompaniya rahbari ham biznesning boşqa sohalari uning faoliyati bilan boğliq bölmagani sabab ulardan yuz ögirib ketişi mumkin emas. Balki bugun boğliq emasdir, lekin ertaga nima bölişini heç qaçon bilmaysan”.
Agile: Loyihalarni baholaş va rejalaştiriş
Kitob muallifi, loyihalarni rejalaştiriş sohasi mutaxassisi Mayk Kon kitobxonlarga işga agile-yondaşuv haqida gapirib, biznes-loyihalarni öz vaqtida va byudjyetdan çiqmasdan amalga oşiriş uçun zarur bölgan instrumentlarni oçib beradi. Kon aniq misollar, amaliy tavsiyalar, usullar va grafiklar bilan örtoqlaşadi.
Iqtibos:
“Agile-rejalaştiriş mahsulotni işlab çiqişning umumiy savol – qanday resurslar bilan qanday funksiyalarga erişiş va qança vaqt davomida amalga oşiriş kabi masalalarga optimal javobni topişdan iborat.Agile-yondaşuv bu savolga muvaffaqiyatli javob beriş imkonini beradi”.
Boşqaruvning Osiyoça usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boşqariladi
Muallif Sing Ong Yuning fikriga köra, ğarb kompaniyalari ratsionallik va samaradorlik tuşunçalari bilan iş köradi, şarqliklar uçun esa axloq-odob kodeksi va özaro munosabatlar muhimroq. Singapurlik biznes-maslahatçi öz kitobida boşqaruvning turli modellari, muvaffaqiyat va ğarb kompaniyalarining Osiyo bozorlaridagi omadsizliklaridan misollar keltiradi. Bu kitob işbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat örnatişni istaganlar uçun foydali yölboşlovçiga aylanadi.
Iqtibos:
“Ğarbdagi menejyerlar biznesni yuritişning şarqiy usullariga moslaşişlari zarur, Osiyolik rahbarlar esa ğarbdagi biznes-amaliyotni tuşunişlari lozim. Şuning uçun menejyerlar köpriklar quriş va şarq hamda ğarb amaliyotining eng yaxşi elementlarini özaro birlaştirişni örganişlari lozim”.
Xaypdan pul işlang. Qaroqçilar, xakerlar, dilerlar va tartibli jamiyatda gapirilmaydiganlardan nimani örganiş mumkin
Innovatsiya böyiça mutaxassislar Aleks Kley va Kira May Fillips tadqiqoti markazida xayp iqtisodiyoti yotadi. Ularning fikriga köra, mazkur usul innovatsiyalar va nostandart biznes-yeçimlar topişga yordam beradi. Mualliflar kitobxona biznes-tafakkurniing odatiy çegaralaridan çiqib, rezonans mavzuda qanday qilib pul topiş mumkinligini örgatişadi. Buning uçun maxsus falsafani tuşuntirib, öz maqsadlariga erişiş yölida qoidalarni buzadiganlar (şu jumladan, kompyuter xakerlari, prankerlar yoki xarobada yaşaydiganlar)ning beşta belgisini tasvirlaydilar: quvvatga egalik, iğvoga moyillik, qat'iylik va mimikriya (ba'zi hayvon va ösimliklarning öz muhitidan ajratib bölmaydigan şakl va tusi).
Iqtibos:
“Muvaffaqiyatli tadbirkor böliş uçun zarur bölgan sifatlar orasida bittasi keskin ravişda ajralib turadi: jamiyatga qarşi xulq-atvorga ösmirlarga xos moyillik“.
PIXAR. Qayta işga tuşiriş. Inqirozlarga qarşi boşqaruv böyiça betakror kitob
Lourens Levi 12 yil davomida u 2006 yilda Disney’ga sotib yuborilguniga qadar Amerikaning Pixar kinostudiyasi moliyaviy direktori lavozimini egallagan. Öz kitobida Stiv Jobsning qönğiroğidan keyin Pixar’da iş boşlagani, köngiloçar sanoatning öziga xosligi, kompaniyaga uzoq yillar mobaynida gullab-yaşnaş imkonini bergan strategik va biznes vazifalar haqida sözlaydi.
Iqtibos:
“Pixar’ning yaratilişi yangi toğning çöqqisini itaruvçi yuqori bosim ostida tektonik qoplama tagidagi azobli harakatga öxşardi. Qoplamalardan biri innovatsiyalarning yuqori kuçidan iborat edi: oliy adabiy va ijodiy asarlarga intiliş, yangi kaşfiyotlar, kompyuter animatsiyalari yordamida ularni yetkazişga bölgan harakat. Boşqa qatlam esa haqiqiy hayotdagi boşqa qiyinçiliklarni öz böyniga olgandi: pul işlab topiş, kino çiptalarining sotilişi, işlab çiqariş tezligini oşiriş. Bu ikki kuç bir-biri bilan töqnaşar, yer silkinişlari va keyingi itarişlarni yuzaga keltirardi”.
Köm-kök okeanga ötiş
INSEAD V. biznes-maktabi Strategiya va xalqaro menejment biznes-nazariyaçilari va professorlar Çan Kim va Rene Moborn “Köm-kök okean strategiyasi” bestselleri mualliflari kitobxonlarni muvaffaqiyatli tadbirkorlik strategiyasi bilan taniştirişda davom etişmoqda. Ular tölgan bozorlarda kuçli raqobatni yengib ötgan köplab kompaniyalar tajribasini örganib, muvaffaqiyat uçun ijodkorlikni işga soliş va işonçni mustahkamlaş kerak, degan fikrga kelişdi. Tadqiqotçilar sizga, jamoangizga, taşkilotingizga yangi biznes-muhit – “köm-kök okean”ga ötiş imkonini beradigan qadam-baqadam amalga oşiriladigan qöllanmani işlab çiqişdi.
Iqtibos:
“Biz buni Eynşteyndan keyingi atomlaştiriş deb nomladik: agar nimanidir bölaklarga bölib, mayda qismlarga ajratsangiz va ularni birma-bir, navbatma-navbat bartaraf etişga diqqatni qaratsangiz, hatto juda jiddiy bölib köringan muammo ham aqliy va ruhiy jihatdan hal etiladigan darajaga yetadi.
Agar odamlarda taassurot, yangi strategiyangizga işonç uyğotsangiz, ular özgarişlarni oxirigaça olib borişga harakat qilişadi”.
Yopişiş uçun qilingan
Bestseller muallifi aka-uka Çip va Den Xiz — Stenford universiteti biznes maktabi va Dyuk Universiteti ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantiriş markazi yetakçi mutaxassisi nima uçun ba'zi biznes-ğoyalar “jon saqlab qolişi”, boşqalari esa aksinça ekani haqida öz-özlariga savol berişadi. Ular “yopişqoq” ğoyalarni keys (örganiladigan holat) sifatida tanlab olib, ğoyalarning hayotiy salohiyatini xotirada yopişqoq nazariya (Velcro theory of memory; biz avval bilganlar bilan soliştiriş mumkin bölgan ma'lumotlarni yaxşiroq eslab qolamiz) yordamida oşiriş usullarini tasvirlaşgan.
Iqtibos:
“Odamlarda öz ğoyamizga qanday qilib qiziqiş uyğotamiz? Biz ularni boşlaridan “tahlil şlyapasi”ni yeçişga majbur qilamiz. Ularga özimizning rahmdilligimizni namoyiş etamiz. Ular befarq bölmagan narsalar biz uçun ham qiziq ekanini körsatamiz”.