Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi turistik faoliyat sub'yektlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantiriş uçun zarur çoralarni körmoqda. Aynan şu maqsadlarda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Baxtiyor Umarovning tegişli buyruğiga muvofiq qömita qoşida Jamoatçilik kengaşi tuzildi va uning tarkibi tasdiqlandi. Qömita matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi qoşidagi Jamoatçilik kengaşining faoliyati turizmni rivojlantiriş va şu yönalişdagi işbilarmonlik sub'yektlari bilan boğliq masalalarni hal qilişga qaratiladi. 

Jamoatçilik kengaşining raisi etib Özbekiston Xalqaro aeronavtika federatsiyasi boşqaruv raisi Tohir Soliyev tayinlandi. 

Şuningdek Kengaş tarkibidan Özbekiston oşpazlar assotsiatsiyasi, Özbekiston Geografik jamiyati, Ekstremal va toğ turizmi federatsiyasi, Xususiy turistik taşkilotlar assotsiatsiyasi, Restoran va otellar assotsiatsiyasi raislari va boşqalar örin olgan.