Niderlandiyada tiklanadigan energiya va suvda ishlaydigan, oziq-ovqatini o‘zi yetishtiradigan va chiqindilarning katta qismini qayta ishlaydigan yangi avlod qishlog‘i – ReGen paydo bo‘ladi.

Amsterdamdan yarim soatlik yo‘lda joylashgan qishloq hududi yangi tipdagi qishloqqa aylanadi. An'anaviy dala va bog‘lar vertikal fermalar bilan qo‘shni bo‘ladi. U yerda mahalliy aholi o‘z uchun oziq-ovqat yetishtiradi. Ovqat chiqindilari baliqlar uchun yemishga mahalliy ko‘lmak xo‘jaliklariga ketadi. Uylarda yomg‘ir suvini filtrlaydigan tizim o‘rnatiladi. “Qishloq operatsion tizimi” tiklanadigan energiya tizimlarini bir zumda boshqarish, oziq-ovqat ishlab chiqarish, suv ta'minoti va chiqindilarni qayta ishlash uchun sun'iy ongdan foydalanadi.
Bunday qishloq deyarli o‘zini o‘zi ta'minlashi mumkin. Dastlab qurilish 2017 yilga mo‘ljallangan edi. Biroq qurilish kompaniyasi - ReGen Villages yerlarni sotib olishda byurokratiyaga duch kelishiga to‘g‘ri keldi. Avval bu yer maydonlari suv ostida bo‘lgan va damba o‘rnatilgach, 1960 yillarda quritilgan. Qonun bo‘yicha, unda individual yer-joy egasigina qurilishni amalga oshirishi kerak edi. Vanihoyat, ReGen Villages hukumat roziligini olishga erishdi. Endi esa kompaniya keyingi qadamga hozirlik ko‘rmoqda.
Yangi tipdagi qishloqda elektrdan tortib, kanalizatsiyagacha bari dastur nazorati ostida o‘zaro bog‘langan tizimda ishlaydi. Masalan, ekoqishloqda elektromobillardan foydalanish mumkin. Ularni qishloq chetida qoldirishgagina ruxsat beriladi, maqsad piyodalar ko‘chalarini saqlab qolish. Elektrokarlar quyosh panellari va qishloqning tiklanadigan boshqa energiya manbalaridan quvvat oladi.
Qishloq boshqa qishloqlardan ajralib turadi. Uylar oldida mashinalar to‘xtashi uchun joylar bo‘lmaydi, chunki kelajakda haydovchisiz avtomobillar, velosipedlar va piyoda yurish ommalashadi. Ekoqishloq bilan chegarada Almer yoki Amsterdamga (Niderlandiyaning boshqa qismlarida shaharga olib boradigan velosiped trassalari bor) borish mumkin bo‘lgan avtobuslar uchun maxsus yo‘l quriladi. Qishloqda asosan yomg‘ir suvidan foydalaniladi.

Oziq-ovqatning ko‘p qismi asosan qishloqning o‘zida yetishtiriladi. Jumladan, fermerlik, parranda va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ham. Agar aholi vakillaridan kimdir qo‘shnilariga bog‘ parvarishi, yoga bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish yoki qariyalarga qarashda yordam bermoqchi bo‘lsa, u holda maxsus blokcheyn tizimidan foydalanadi. Tizim ish vaqtini kuzatib, har oylik to‘lov ulushini hisoblab boradi.














