O‘zbekiston | 14:26 / 07.08.2018
3594
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish uchun mablag‘ ajratadi, Deutsche Welle bunda ko‘mak ko‘rsatadi

Foto: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev Deutsche Welle Germaniya davlat xalqaro teleradiokompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ta'lim loyihalari menejyeri Lidiya Ranert hamda belaruslik trener Viktor Rudnikni qabul qildi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida kelgan ushbu akademiya Andijon, Namangan, Urganch va Nukus shaharlarida bo‘lib respublikaning hududiy ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan tanishdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (Deutsche Welle’ning moliyaviy manbasi) O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish uchun mablag‘ yo‘naltirar ekan.

Ma'lumot uchun, ayni kunda Deutsche Welle –«Nemetskaya volna» xalqaro teleradiokompaniyasida uch ming nafarga yaqin kishi ishlaydi. Dunyoning 60 davlatida uning xodimlari bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid