Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiyadagi jiddiy muammo haqida gapirdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, go‘sht mahsulotlari narxi Rossiyada keskin ko‘tariladi. Bu haqda «BelTA» xabar bermoqda.
Uning ta'kidlashicha, go‘sht va sutning ahamiyati Rossiya bozorida ortib boradi.
«Rossiyada go‘sht mahsulotlari narxi keskin oshishi haqida ma'lumotlar tinmay tarqalmoqda, bunga xom ashyoning qimmatlashayotgani sabab qilib ko‘rsatilyapti. Ya'ni, Rossiyada go‘sht yo‘q», - deya aytib o‘tdi Lukashenko.
Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ichki bozor haqida ham unutmaslik kerak.
«Va narxning shakllanishi masalasi - bu uchun faqat savdo vaziri emas, balki boshqalar ham boshini yo‘qotib qo‘yishi mumkin», - deya ta'kidlab o‘tgan Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko jiddiy kasalligi haqida tarqalgan xabarlar ustidan kulgandi.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10 / 10.07.2026
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
10:05 / 10.07.2026