Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko jiddiy kasalligi haqida tarqalgan xabarlar ustidan kuldi
Foto: belros.tv
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarusning «ONT» telekanali efirida jiddiy kasallikka chalingani haqidagi xabarlarning ustidan kuldi. U jurnalistlarning sog‘lig‘i haqidagi savollariga javob bergan.
Xususan, Belarus yetakchisi hosil yig‘ib olinayotgan joylardan biriga amalga oshirgan tashrifi vaqtida mahalliy rahbardan bir yildan keyin ish haqida hisobot berishni talab qildi. Keyinchalik esa, u kelasi yilgacha umr ko‘rishi borasida shubhalangan.
«Kelgusi yili menga hisobot berasan. Kelgusi yilgacha yashaysan-ku? Lekin, sen va'da berma. Meni bir kun oldin ko‘mishdi va seni ham ko‘mib qo‘yishlari mumkin», - deya aytib o‘tdi Lukashenko.
Shuningdek, u o‘zini ko‘rgan jurnalistning quvonib ketganini ta'kidlagan. Telekanalning yana bir xodimiga oldida prezidentning o‘rniga unga o‘xshash shaxs turmaganini tekshirib ko‘rishni tavsiya qildi.
«Sen ba'zida meni sinchiklab tekshirib tur», - deya maslahat bergan Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko «insult»dan so‘ng omma oldida ko‘rinish bergandi.
Mavzuga oid
10:30
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025