Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atletik» Kepani «Chelsi»ga sotganini e'lon qildi. U – futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabon
Foto: globallookpress
«Atletik» darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini «Chelsi»da davom ettiradi.
Ispan klubi saytida ushbu 23 yoshli darvozabonning London klubiga transferi tasdiqlangan.
Londonliklar klubi «Real»ga ketayotgan Tibo Kurtuaning o‘rnini egallaydigan bu futbolchi uchun 80 million yevro to‘laydi – bu uning shartnomasida ko‘rsatilgan badal puli edi
Shu tariqa, Kepa ispan futboli va dunyo futboli tarixidagi eng qimmatbaho darvozabon bo‘lmoqda. Kepa o‘tgan oyda «Roma»dan «Liverpul»ga 62,5 milliona yevro (plyus 10 million yevro miqdoridagi bonuslar) evaziga o‘tgan Alisson rekordini yangiladi.
Undan ham avvalroq esa rekord Janluiji Buffonga tegishli bo‘lib turgandi. «Yuventus» 2001 yilda uni «Parma»dan 52 million yevroga transfer qilgandi.
Bundan tashqari Kepa eng qimmatbaho ispaniyalik futbolchi bo‘ldi. U Alvaro Morata («Chelsi», 65 million yevro), Fernando Torres («Chelsi», 59 million yevro) va Gaiska Mendetani («Latsio», 48 million yevro) ortda qoldirdi.
Yanvar oyida «Real» Kepani «Atletik»dan 20 million yevro evaziga transfer qilmoqchi bo‘lgan, ammo oxirgi pallada bu transfer barbod bo‘lib, yakunda darvozabon basklar jamoasi bilan 2025 yilgacha amalda bo‘luvchi yangi shartnoma tuzgandi.