Içki işlar vazirligi xorijga çiqiş uçun pasport loyihasiga «millati» ustunini qöşmadi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qiliş portalida e'lon qilingan loyihada yöq.

Loyiha bilan şaxsni tasdiqlovçi uçta hujjatni ma'qullaş taklif etilmoqda: ikkita biometrik pasport (bittasi mamlakat içida, ikkinçisi xorijga çiqiş uçun) va ID-kartani (davlat xizmatlarini oliş uçun).

Xorijga çiqiş uçun biometrik pasport blankasiga asosiy 15ta ma'lumotni kiritiş rejalaştirilgan bölib, ular orasida davlat kodi, pasport seriyasi va raqami, ism-familiya, tuğilgan sanasi, tuğilgan joyi, jinsi va boşqalar bor. Millati ustuni esa körsatilmagan.

Hujjat çipiga egasining biografik ma'lumotlari, raqamli foto, barmoq izlarini kiritiş nazarda tutilgan (16 yoşdan kattalar uçun).

«Millati» ustuni asosiy ma'lumotlarda yöq bölsa-da, IIVning körsatişiça, xorijga çiqiş pasportini millatini özgartiradigan bölsa almaştiriş lozim.

Özbekistonda xorijga çiqiş uçun stikerni rasmiylaştiriş bekor qilinişi kutilyapti