​Qoraqalpoğiston Respublikasi Quyi Amudaryo davlat biosfera qöriqxonasini YuNeSKOning Biosfera qöriqxonalarining Butunjahon tarmoği röyxatiga kiritiş masalasi böyiça taşkilotning Özbekistondagi vakolatxonasi hamda aloqador vazirlik va idoralar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Senat qömita raisi Alişer Kurmanov xabar berdi.

«Biz uşbu masalada YuNeSKO bilan işni endi boşladik. Bitta savolga javob berolmaymanki, qançalik masala murakkab keçadi, qança vaqt oladi, buni iş davomida bilamiz. Gap şundaki, ular haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat işlaydi, biz iloji boriça natijaga ertaroq erişişni istaymiz. YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi bizga bergan ma'lumotga köra, taşkilot mutaxassislari Qoraqalpoğistondagi rezervatni közdan keçirgan», deydi Kurmanov. 

Senat qömitasi raisi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining YuNeSKO maxsus röyxatiga kiritilişi haqida gapira turib, Şahrisabzdagi holatga ham munosabat bildirdi. 

«Şahrisabz voqeasi bizni köp narsaga örgatdi. Menimça, bu hammaga katta dars böldi. Bunday nufuzli taşkilotlar bilan işlaş kerak. Men YuNeSKO bilan yaqin 2-3 oy içida hamkorligimiz yangi bosqiçga kötarilişini kutib qolaman», deydi u.

Şu yilning iyun oyida YuNeSKO umumjahon madaniy meroslar komissiyasi Şahrisabz tarixiy markazini röyxatdan çiqariş masalasini körib çiqqandi. Ma'lum bölişiça, Özbekistonga yana bir yil davomida turli komissiyalar taşrif buyurib, vaziyatni nazorat qiladi. Şahrisabz tarixiy markazini YuNeSKO jahon meroslari röyxatida qoldiriş nuqtai nazaridan işlar davom ettiriladi. ​​

Ma'lumot uçun, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Amudaryo deltasidagi töqaylarning biologik xilma-xilligini saqlaşni, tabiatdan barqaror foydalanişni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişni, madaniy boyliklarni muhofaza qilişni ta'minlaşga möljallangan yer usti va suv ekologik tizimlarini öz içiga oladigan, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud hisoblanadi.