Özbekiston Professional boks federatsiyasining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi. Uşbu yiğilişda Milliy olimpiya qömitasi mutasaddilari, Özbekiston Professional boks federatsiyasi raisi vazifasini v.b,  federatsiya a'zolari, sportçilar va murabbiylar iştirok etişdi. 

Tadbirda Özbekiston Professional boks federatsiyasining faoliyati, şu kunga qadar bajarilgan işlari va kelgusi yilda taşkillaştirilişi rejalaştirilayotgan musobaqalar töğrisida hisobot berildi va Milliy olimpiya qömitasi prezidenti maslahatçisi Komiljon Xudoyberganov, Özbekiston Professional boks federatsiyasi raisi va raisning birinçi örinbosari lavozimiga nomzodlarni taqdim etdi. Uşbu nomzodlar yakunda bir ovozdan saylandilar.

Isroil Yunusov

Şuningdek, Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Jasur Matçanov kelajakda özbek professional boksini ham jahon darajasiga çiqariş kerak ekanligi hamda birgalikda istiqbolli işlarni amalga oşiriş lozimligini ta'kidladi. Özbekiston Professional boks federatsiyasi iş faoliyatini yanada jonlantiriş maqsadida, federatsiya raisligiga “Real haus” kompaniyasi rahbari Isroil Yunusov, rais birinçi örinbosari etib Abdulloh Sagdiyev, Vladimir Şin esa rais örinbosari lavozimiga saylandi.