«Men dunyoni qat'iyatlilik, kuch va kurashga o‘rgatgan xalqning vakili bo‘laman. Mening qat'iyligim sizlar o‘tgan yillar davomida ko‘rsatgan qat'iyligingiz va sabr-bardoshingizdan kelib chiqadi», - deyiladi uning bayonotida. Bayonot Suriya yetakchisining kantselyariyasi tvitterdagi sahifasida e'lon qilindi.

Avvalroq, Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asadda ko‘krak bezi saratoni aniqlangani xabar qilingandi.

Ta'kidlanishicha, kasallik erta bosqichda aniqlangan. Shuningdek, prezident vakolatxonasi Asma Asadga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.