Bugun, 9 avgust kuni soat 16:00-17:00 oralig‘ida Farg‘ona shahar ma'muriy sudida «Kun.uz» muxbiri ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Muxbir O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha ayblangandi.

Sud hakami bu ishda huquqbuzarlik alomatlarini topmagan va sud ishi yopilgan.

Ayni vaqtda muxbir qo‘yib yuborilgan va Farg‘ona vodiysidagi faoliyatini davom ettirmoqda.