Jahon | 14:54 / 09.08.2018
48368
2 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey tiz bukib ta'zim qilishi tufayli kulgiga qoldi 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yana Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning tiz bukib ta'zim qilish mavzusini ko‘tarishdi. Ular bu safar bosh vazirning Amen yaqinidagi jangga yuz yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan marosim vaqtida shahzoda Uilyam bilan so‘rashganini tilga olishdi.

«Umurtqa pog‘onasi yo‘q bosh vazir Tereza Mey shahzoda Uilyam bilan so‘rashish chog‘ida to‘kilib, umurtqasi ancha kuchsiz holatda ekanini ko‘rsatib qo‘ydi», - deya yozgan foydalanuvchi @Adolf_Rees_Mogg.

Foydalanuvchi @IamalrightJack’ning taxminiga ko‘ra, Mey, o‘z navbatida, yaqinda qirollik oilasi a'zolariga tinmay tiz cho‘kish bilan shug‘ullana boshlaydi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Tereza Meyning iyun oyidagi tiz bukib ta'zim qilishi ustidan kulishgandi.

Mavzuga oid