Toşkentda Koreya kvartali paydo böladi, deb xabar qilmoqda Davlat turizm qömitasi matbuot xizmati.

8 avgust kuni qömitada bölib ötgan uçraşuvda Koreyaning Triple Crown Group kompaniyasi boşqaruvçisi Çon Kyong Sik Toşkentda Korean Town qurilişi rejalaştirilgani haqida gapirib, jahonning köplab davlatlarida Koreya kvartallari borligiga e'tibor qaratdi.

Foto: Davlat turizm qömitasi matbuot xizmati

Davlat turizm qömitasi raisining birinçi örinbosari Uluğbek Qosimxöjayev loyiha bilan tanişdi va xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan imtiyoz hamda preferensiyalar haqida sözlab berdi.

Foto: Davlat turizm qömitasi matbuot xizmati

Tomonlar majmua qurilişi loyihasini amalga oşiriş masalalarini muhokama qildilar. Investorlar Toşkentda qurilişi rejalaştirilgan Koreya kvartali hududida barça şart-şaroitlar yaratilişi, jumladan, koreyalik sayyohlar uçun tarjimon gidlar, koreys va Yevropa oşxonalari bölişini ta'kidladilar.

Kvartal şaharning aynan qayerida joylaşişi hozirça xabar berilmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda «Osmonöpar şahar» paydo bölişi xabar qilingandi.