Eronlik jurnalist Parisa Purtaharian stadion yaqinidagi binoning terrasasidan futbol öyinini suratga oldi. Al Bawaba naşrining xabar qilişiça, qiz şu tarzda ayollarga stadionga boriş böyiça qöyilgan taqiqni çetlab ötdi.

Purtaharianga «Vatani» stadionida oliy milliy liganing ikki jamoasi örtasidagi uçraşuvni suratga oliş vazifasi yuklatildi. Biroq, Eronda ayollarga qarama-qarşi jins vakillari sport bilan şuğullanadigan stadionga kiriş man etiladi.
Qiz qoidalarni buzmasdan işini bajarişga muvaffaq böldi. Buning uçun u yaqin oradagi baland binoning terrasasidan foydalandi. Katta obektiv tufayli Purtaharian butun dunyo böylab hamkasblar tomonidan yuqori baholangan öta aniq suratlarni muhrladi. Professionalizmdan taşqari, jurnalistlar qizning vaziyatdan çiqib ketiş qobiliyatiga ham tahsinlar öqişdi.

Futbol va voleybol Eronda juda maşhur, biroq stadionlarga ayollarning kirişiga taqiq hamon amal qilmoqda. Voleybolda bu qoida 2015 yilda qisman bekor qilingan: ayollar ba'zi tribunalarga taşrif buyurişi mumkin böldi.












