Qatorasiga uch mavsumda Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan «Real» yangi davrga o‘tmoqda. Jamoani avvaliga ushbu g‘olibona yurishga boshlab borgan bosh murabbiyi Zinedin Zidan, keyin esa 5 karra «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu tark etdi. Endi esa Luka Modrich ham Italiyaga yo‘l olmoqchi. Quyida voqealar rivojini ko‘rib chiqamiz.

Peres nima uchun muzokara o‘tkazishga rozi bo‘ldi?

Foto: REUTERS/Juan Medina

Uch hafta muqaddam Modrich Rossiyadagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangandi. Yana bir bor individual mukofot «Real» futbolchisiga tegdi. Internetda madridliklar klubi prezidenti Florentino Peres ustidan kula boshlashdi - u yangi futbolchilarni transfer qila olmayapti, axir eng kuchlilarning bari jamoada yig‘ilib bo‘lganku?!

Ammo endilikda «qaymoqranglilar»ning prezidentiga havas qilib bo‘lmaydi. Modrich «Inter» bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan va prezidentning javobini kutmoqda. «Real» prezidentining ilk reaksiyasi kutilganidek bo‘ldi: kimki Modrich uchun 750 million yevro to‘lasa, uni o‘ziniki qilishi mumkin! Ammo bu tarix shu bilan yakunlanmadi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra Peres milanliklar klubi bilan muzokara o‘tkazishga rozi bo‘lgan. Buni undan Modrichning o‘zi so‘ragan.

OAV xabariga ko‘ra Luka Krishtianu Ronaldu kabi yoki jamoa mashg‘ulotlarini boykot qila-qila niyatiga erishgan va «Chelsi»ga yo‘l olgan vatandoshi Mateo Kovachich kabi radikal kayfiyatda emas. U barchasini tinchgina hal qilmoqchi. Ha, u avvaliga ta'tilini uzaytirdi va jamoaning mavsumoldi yig‘inida ko‘rinmadi. Ammo u klubdan o‘tgan yillar uchun qattiq minnatdor va ziddiyat yuzaga kelishidan qochmoqja. Shu tufayli u Peresning o‘zi rozi bo‘lishini kutmoqda.

Luka Modrich chorshanba kuni Madridga qaytib keldi. Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, u Florentino Peres bilan «Inter»ga o‘tishi masalasini muhokama qiladi.

Gazzetta nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Peres bilan jyentlmenlik kelishuvini tuzmoqchi: prezident o‘z vaqtida xorvatiyalik futbolchiga, u qachondir o‘zi istasa, ketishi mumkinligi bo‘yicha va'da bergandi.

«Inter» unga nimalar va'da qilmoqda?

Foto: globallookpress.com/D.Nakashima