Rossiyalik velopoygaçi Olga Zabelinskaya Özbekiston terma jamoasiga rasman ötgani haqida e'lon qildi.
«Özbekiston terma jamoasiga ötganim rasmiy ravişda tasdiqlandi, avgust oyidayoq Osiyo öyinlarida iştirok etişni maqsad qilganman», - deya Zabelinskayaning sözlarini keltiradi TASS.
Xalqaro velosipedçilar uyuşmasidan (UCI) ta'kidlaşlariça, sportçi bu yil va kelasi yilda jahon çempionatlari iştirok eta olmaydi.
«Velopoygaçining fuqaroligi özgarişi rasman tasdiqlandi. UCI qoidalaridagi bandga köra, sportçi UCI jahon çempionatida bu yil va keyingi yilda fuqarolikni özgartirgandan keyin iştirok etişga haqli emas», - deya aytib ötgan UCI vakili.
Eslatib ötamiz, avvalroq Olga Zabelinskaya nega Rossiya terma jamoasidan voz keçganini tuşuntirib bergandi.













