Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Şayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantiriş, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qiliş böyiça yiğiliş ötkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Mamlakatimizda işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş uçun respublika byudjyetidan yetarli mablağ ajratilmoqda. Prognozdan oşgan soliq tuşumlari mahalliy byudjyetlar ixtiyorida qoldirilib, ularni sarflaş böyiça mahalliy hokimliklarga keng vakolatlar berilmoqda», - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, joriy yilda Toşkent şahrida prognozga nisbatan 2 trillion sömga köp soliq tuşib, mahalliy byudjyetda 1,5 trillion sömi qolişi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 10 barobar köpdir.
«Toşkentga heç qaçon bunça pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion sömni şaharning özida qoldiryapmiz? Töplanib qolgan muammolarni hal qiliş uçun, odamlarning maişiy şaroitlarini yaxşilaş, uy-joylar, boğçalar quriş, iş örinlari yaratiş uçun. Endi joylardagi rahbarlar ham özini qiynaşi, sadoqat bilan işlaşi kerak. Çetdan kelib heç kim heç qaçon qilib bermaydi», - dedi prezident.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat boğiga taşrif buyurib, boğni zamonaviy parkka aylantirişga qaratilgan loyihalar bilan tanişgani xabar berilgandi.












