AQŞ davlat departamenti boşliği örinbosari Jon Sallivan bilan uçraşgan taşqi işlar vaziri örinbosari Sedat Onal boşçiligidagi Turkiya delegatsiyasi amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qiliş majburiyatini olişni rad etdi, deb xabar berdi Blumberg agentligi amerikalik mansabdorga tayanib.
Çorşanba kuni davlat departamenti Sallivan Sedat Onal bilan amerikalik pastor Endryu Branson taqdirini va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilganligini xabar qildi.
Agentlik manbasining sözlariga köra, Turkiya tomoni may oyida Nyu-Yorkda 32 oyga qamalgan Mexmet Xakan Atilla direktor örinbosari bölgan Halkbank banki masalasini kötargan.
Amerika tomoni Branson ozod etilmagunça Halkbank masalasi muhokama qilinmasligini bildirgan, deb xabar berdi Blumberg.
Öz navbatida Wall Street Journal gazetasi öz manbasiga tayanib bu hol Donald Tramp ma'muriyati Turkiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilişiga olib kelişi mumkinligini yozmoqda.
Avvalroq AQŞ moliya vazirligi amerikalik pastor Endryu Branson sababli Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gyul va içki işlar vaziri Sulaymon Soyluga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e'lon qilgandi. Ular «pastorning hibsga olinişida yetakçi rolni öynaşgan» deyiladi AQŞ moliya vazirligi bayonotida.
Branson 2016 yildan buyon hibsda saqlanmoqda, uni hozirda AQŞda yaşovçi Fathulloh Gulen bilan aloqada bölganlikda ayblaşmoqda.

















