«Kamaz» Özbekistonda mamlakat harbiy qismlari uçun yuk avtomobillari işlab çiqarişni 10 barobar oşiradi. Yuk maşinalariga xizmat körsatiş uçun katta servis markazi kerak, deya xabar bergan Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov Qozon şahrida.

RBK’ning yozişiça, Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan suhbat davomida Toşkent viloyati hokimi bir qator qöşma loyihalarni, şu jumladan, ötgan yil oxirida Özbekistonda işlab çiqarila boşlangan «Kamaz» yuk texnikasini yetkazib beriş yönalişi böyiça işlarni muhokama qildi.

«Biz siz bilan Toşkent viloyatida «Kamaz» yuk maşinalariga xizmat körsatiş markazini taşkil etiş böyiça rejalarni muhokama qilgandik, çunki barça harbiy qismlar Toşkent şahri atrofida joylaşgan - 42ta harbiy qism», - degan Ibragimov. 

2017 yilning noyabrida «Kamaz» boş direktori Sergey Kogogin va «Özavtosanoat» AJning öşa paytdagi boşqaruvi raisi Umidjon Salimov Özbekistonda yuk avtotransport vositalari işlab çiqarişni taşkil etişni nazarda tutuvçi hamkorlik şartnomasini imzoladilar.

Yuk avtotransportini taşkil qiliş doirasida, Özbekistonda «Kamaz» avtomobillarini yiğiş böyiça birinçi 100 töplamni yetkazib beriş nazarda tutilgan. «Kamaz» va «Özavtosanoat» AJ örtasida şartnoma imzolanişi Dmitriy Medvedev boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi doirasida bölib ötdi.