9 avgustga ötar keçasi Toşkent şahrining Yunusobod tumani hududida joylaşgan Aurum 898 tungi klubida piçoqbozlik röy berdi. Hodisa oqibatida erkin kuraşçi, xalqaro toifadagi sport ustasi Jamşid Kenjayev vafot etdi.

Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berişiça, Jamşid Kenjayev tungi klubi qöriqçilari bilan özaro janjallaşib, yonida bölgan oşxona piçoği bilan ularning ikki nafariga tan jarohatlari yetkazgan.

Janjal davomida voqea joyida bölgan «Aurum» tungi klubida qöriqlovçi yordamçi Ş.Q Kenjayevning qölidan oşxona piçoğini tortib olib, unga oğir tan jarohati yetkazgan.

Qöriqçilardan biri Ş.I 7-sonli ŞKŞga, ikkinçisi M.A 1-sonli Respublika klinik şifoxonasiga yotqizilgan. Jamşid Kenjayev esa Yunusobod tumanidagi 7-sonli ŞKŞga yotqizilib, tez tibbiy yordam körsatilsada, yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Jamşid Kenjayevning ölimiga sabab bölgan tan jarohatlarini yetkazişda gumonlanib, tungi klubning uç qöriqçisi — 24 yoşli S, 29 yoşli Ş va 26 yoşli J qölga olingan.

Mazkur holat yuzasidan 09.08.2018 yil sanasida Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Ş.Q.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi, ya'ni qasddan odam öldiriş jinoyati bilan jinoiy iş qözğatilgan. U JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda.

Foto: Instagram / kenjaev_djamshid

Xalqaro toifadagi sport ustasi, Özbekiston çempioni, Osiyo çempionati va Osiyo öyinlari iştirokçisi hisoblangan Jamşid Kenjayev 61 va 65 kg vazn toifasida musobaqalarda qatnaşib kelgan.