Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyalik regbichi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng vafot etdi
Fransiyaning «Oriyak» regbi klubi o‘yinchisi Lui Fayfrovski «Rodez» bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng vafot etdi.
Sports-auvergne xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida sportchi boshidan jarohat olgan va maydonni mustaqil tark eta olmagan. Shundan keyin Fayfrovski yechinish xonasida bir necha marta hushini yo‘qotdi.
Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar 21 yoshli regbichining hayotini qutqarib qolisha olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yengil atletika bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempioni Nikolas Bett avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026