Kaspiy böyi davlatlari yetakçilari Eron yadroviy şartnomasi böyiça keng qamrovli Qöşma xatti-harakatlar rejasi (QXHR)ni himoyalaş istagini tasdiqlaşdi. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy şu mazmunda bayonot bildirdi. 

"Kaspiy böyi mamlakatlari savdo-iqtisodiy munosabatlar bilangina çeklanib qolmay, alohida mamlakatlarda kuzatilayotgan bir tomonlama xatti-harakatlarga nisbatan munosabat bildirayotgani juda quvonçli, - dedi u. - Kaspiy böyi mamlakatlari QXHRni qadrli xalqaro kelişuv sifatida himoya qilmoqda". 

May oyida Amerika prezidenti Donald Tramp AQŞning QXHRdan çiqayotgani haqida ma'lum qilib, nafaqat Eronga eski sanksiyalarni qaytarişi, balki yangi sanksiyalar kiritişga ham va'da bergandi. U Vaşington QXHR örniga yangi kelişuvni imzolaşga tayyor ekaniga işontirib, bunda Eronga muayyan şartlarni qöygan. 

QXHR 2015 yilda BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a'zolari, Germaniya va Eron tomonidan tuzilgan. Bu kelişuv öz vaqtida AQŞ va YeI tomonidan kiritilgan sanksiyalarni bekor qiliş evaziga Tehronning yadroviy işlanmalarini çeklaşni nazarda tutadi.